Qozog‘iston TIV rahbari Muxtor Tileuberdi Eron TIV rahbari bilan muloqot qildi

Eron tashqi ishlar vaziri Xusayin Amir Abdullahiyon suhbat chog'ida Qozog'istonning milliy suverenitetini qo'llab-quvvatlashini ta'kidlab, voqealarga tashqi kuchlar aralashuvini qoraladi.

1762083
Qozog‘iston TIV rahbari Muxtor Tileuberdi Eron TIV rahbari bilan muloqot qildi

 

Eron tashqi ishlar vaziri Xusayin Amir Abdullahiyon Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko'ra, Abdullahiyon va Tileuberdi suhbat chog'ida o'zaro munosabatlar va mintaqaviy o'zgarishlar haqida fikr almashgan.

Abdullahiyon Qozog'istondagi tartibsizliklar boshlanganidan beri o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganligini, Qozog'istonning milliy suverenitetini qo'llab-quvvatlashini va tashqi kuchlar aralashuvini qoralaganligini bildirdi.

Tileuberdi, shuningdek Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To’qayevning Eronga tashrif buyurishni rejalashtirganligini qayd etib, Eron bilan savdo aloqalarini rivojlantirish Qozog’iston uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Tileuberdi suhbat chog’ida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyni oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Qozog'iston xalqaro yig'ilishiga taklif qildi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Qozog‘iston

Aloqador xabarlar