Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlari Qozog'istonni tark etmoqda

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kuchlari bugun, 13-yanvar kuni Qozogʻistonni tark eta boshladi. Bu jarayon 10 kun ichida yakunlanadi.

1762064
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlari Qozog'istonni tark etmoqda

 

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kuchlari bugun, 13-yanvar kuni Qozogʻistonni tark eta boshladi. Bu jarayon 10 kun ichida yakunlanadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida, tinchlikparvar kuchlar himoyasida boʻlgan ijtimoiy obʼyektlarni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Qozog‘iston mudofaa vazirligi rejasi doirasida mahalliy xavfsizlik xodimlariga topshirish jarayoni davom etayotgani taʼkidlandi.

Avvalroq, mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To’qayev 13-yanvarda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qoʻshinlarini mamlakat chegaralaridan olib chiqishni boshlash sanasini tasdiqlagandi.

Ma’lumotga ko’ra, tinchlikparvar kuchlarni oʻz vatanlariga qaytarish sanasi Prezident To’qayevning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Stanislav Zas bilan bo’lgan uchrashuvida kelishilgan.

Qozogʻistonda 2-yanvar kuni suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga norozilik sifatida namoyishlar boshlangandi. Ko‘p o‘tmay namoyishlar to‘lqini butun mamlakat bo’ylab keng tarqaldi, eng jiddiy voqealar Olma-ota shahrida yuz berdi.

Bu orada Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqarildi, mamlakatda favqulodda holat rejimi va komendantlik soati joriy etildi.

Qozog‘iston prezidenti To’qayev mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketganidan so‘ng,  Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga tinchlikparvar kuchlar kiritilishini so‘rab murojaat qilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6-yanvar kuni Qozog‘istonga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlarining 2030 nafar harbiy xizmatchisi va 250 ta harbiy texnikasi kiritilgandi.



Aloqador xabarlar