Ozarbayjon-Armaniston chegarasida taranglik qayd etildi

Kecha tush vaqtidan beri yana Ozarbayjon-Armaniston chegarasida taranglik bor.

1761201
Ozarbayjon-Armaniston chegarasida taranglik qayd etildi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlarining Kalbajar yo‘nalishida kecha tush vaqtida boshlatgan provokatsiyasi tufayli chegaradagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjon armiyasining qarshi tomondan kelgan hujumlarni oldini olish maqsadida chora ko‘rgani bildirildi.

Ozarbayjon armiyasining to‘p va havo transportlaridan foydalanmagani, vaziyatning Ozarbayjon askarlari nazoratida ekani qayd etildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa,

“Armanistonning harbiy provakatsiyalarini davom etayotganini keskin qoralaymiz”.-deyildi.

Bayonotda, taranglik uchun butun javobgarlik Armaniston harbiylari va siyosatchilari zimmasida ekani ham taʼkidlandi.

Eslatib o‘tamiz:

Kecha tush vaqtlarida Armaniston Qurolli kuchlarining otishmasi natijasida bir nafar Ozarbayjon askari shahid bo‘lgandi.

 



Aloqador xabarlar