Istanbulda Turkiya va O'zbekiston tadbirkorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tadbirda Turkiya sanoatchilar va tadbirkorlar mustaqil assotsiatsiyasi (MÜSİAD) mutassaddi vakillari, shuningdek Assotsiatsiyaga aʼzo korxonalar - "Zirvegül grup" kompaniyasi direktori Onur Gul, “Otimed” bosh mudiri Dilek Yurtseven ishtirok etdi.

1761088
Istanbulda Turkiya va O'zbekiston tadbirkorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari Turkiya sanoatchilar va tadbirkorlar mustaqil assotsiatsiyasi (MÜSİAD) mutassaddi vakillari bilan uchrashdi.

Bosh konsulxonadan olingan maʼlumotga ko‘ra, tadbirda MUSİADning Eksportni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Abdulkadir Sijakyuz,  Eksportni rivojlantirish qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Xalit Kerim, Assotsiatsiyaga aʼzo korxonalar - "Zirvegül grup" kompaniyasi direktori Onur Gul, “Otimed”  bosh mudiri Dilek Yurtseven ishtirok etdi.

Suhbatda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, Turkiya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari, MUSİADga aʼzo kampaniyalar ishtirokida 2019 yilning 23-28 sentyabr kunlari Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida tashkil etilgan biznes-forum va “V2V” shaklidagi uchrashuvlarning natijalari haqida so‘z yuritildi.

Turkiya vakillari O‘zbekiston bilan aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidlagan holda, O'zbekiston bilan mavjud hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida shu yilning may oyida O'zbekistonga kelishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Mazkur safar doirasida O‘zbekistondagi rasmiy idoralar, mahalliy hokimliklar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish, ishlab  chiqarish korxonalari mutasaddilari va tadbirkorlar bilan “ֿV2V” formatida uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik tadbirkorlar joriy yil 2-5 noyabr kunlari MUSİAD tomonidan tashkil etiladigan "MÜSİAD Expo" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun taklif qilindi.  

Uchrashuv natijasida tomonlar bildirilgan takliflarni hayotga amaliy tadbiq etish maqsadida o‘zaro muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldi.

Maʼlumot o‘rnida, 1990 yilda tashkil etilgan MUSİAD ­nodavlat tashkilotining asosiy vazifasi xususiy sektor vakillariga samarali va jadal rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Ayni paytda assotsiatsiya 12 mingdan ortiq aʼzoni birlashtiradi. MUSİADning Turkiyada 86 ta filiali  va  81 ta davlatda vakolatxonasi mavjud.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #MÜSİAD

Aloqador xabarlar