TDT Qozog‘iston yetakchiligi va xalqiga kerakli yordamni berishga tayyorligini takrorladi

TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Qozogʻistondagi vaziyatni baholash maqsadida onlayn tarzda navbatdan tashqari yigʻilish uyushtirdi.

1760786
TDT Qozog‘iston yetakchiligi va xalqiga kerakli yordamni berishga tayyorligini takrorladi

Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) mavjud inqirozni yengishda Qozog‘iston yetakchiligi va xalqiga kerakli yordamni berishga tayyorligini yana bir bor takrorladi.

TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Qozogʻistondagi vaziyatni baholash maqsadida onlayn tarzda uyushtirgan navbatdan tashqari yigʻilish ortidan, yozma ravishda bayonot berdi.

Qozog‘iston va uning qardosh xalqini qat’iy qo‘llab-quvvatlash va birdamligi takror tasdiqlangan bayonotda, mintaqa va undan tashqarida barqarorlik va xavfsizlik uchun alohida oʻringa ega boʻlgan Qozogʻistonning tinchlik va barqarorligining muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Bayonotda insonlar hayotiga xavf tug‘diruvchi, jamoat tartibini buzuvchi va mulkka zarar yetkazuvchi zo‘ravonlik va buzg‘unchi harakatlar qoralangan holda, qozoq rasmiylarining zudlik bilan jamoat tartibi va oddiy hayot sharoitini tiklash imkoniyatiga ega ekani qayd etildi.

Xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash muhimligiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Qozog‘iston yetakchiligining mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumni buzishni koʻzlagan terrorchilar, radikallar, ekstremistlar va jinoyatchilarga qarshi kurash amaliyotlarining qo‘llab-quvvatlanishi yetkazildi.

Qozog‘iston Prezidenti Toqayevning qardosh Qozog‘iston xalqi farovonligini oshiradigan islohot dasturining ham qo‘llab-quvvatlanishi ifoda etilgan bayonotda, bu borada yaqin hamkorlik va maslahatlashish ustidan kelishib olingani ifoda etildi.

Qozog‘iston Turk Davlatlari Tashkilotining Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan birga 5 a’zosidan biri.

Turkmaniston bilan Vengriya esa tashkilotning kuzatuvchi a’zolaridir.

Eslatib o‘tamiz:

Qozog‘iston gʻarbida 2-yanvar kuni suyultirilgan gaz (LPG) narxining oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli boshlagan norozilik namoyishlari, mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqadi.

Voqea chogʻida xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi. Ayniqsa, mamlakat janubidagi Olmaota shahrida politsiya transportlarini yoqib, hukumat binolariga kirgan namoyishchilarga xavfsizlik kuchlari ovozli bombalar bilan javob berdi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, norozilik namoyishlarida aybdor deb bilingan hukumat iste’fosini qabul qildi.

Namoyishlar avj olishi bilan mamlakat boʻylab favqulodda holat (OHAL) e’lon qilindi. Namoyishchilar jamoat binolarini egallab, qurol ishlatar ekan, Nur-Sulton ma’muriyati xavfsizlik kuchlariga qarshi amaliyot uyushtirishni buyurdi.

Toqayev 7-yanvar kuni mamlakatning toʻrt burchagida konstitutsiyaviy tuzumning qayta tiklanganini belgilab oʻtgan holda, “Terrorchilar haligacha qurol ishlatib, fuqarolar mulkiga ziyon yetkazishni davom etmoqda”, — deb ma’lumot boʻlishdi.



Aloqador xabarlar