Kamilov bilan Meredov O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarini qo‘lga oldi

Abdulaziz Kamilov turkmanistonlik hamkasbi Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1760410
Kamilov bilan Meredov O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarini qo‘lga oldi

Kecha 2022-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e’tibor qaratilgan.

Qayd etilishicha tez orada savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida turli sohalarda aniq loyihalar ijrosi ham ko‘rib chiqiladi.



Aloqador xabarlar