Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston xalqi va Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi.

1760225
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra maktubda qardosh Qozog‘iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda og‘ir jarohatlar olgani, ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va do‘st Qozog‘iston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etilgan. 

Davlat rahbari Vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoyi farzandlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan.



Aloqador xabarlar