Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘lga olinganlar soni ortdi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Qozog‘istonda davom etayotgan amaliyotda qo‘lga olinganlar haqidagi ma’lumotlar yangilandi.

1759871
Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘lga olinganlar soni ortdi

Qozog‘istondagi voqealar chog‘ida qo‘lga olinganlar soni 7939 nafarga yetdi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatda davom etayotgan amaliyotda qo‘lga olinganlar haqidagi ma’lumotlar yangilandi.

Bayonotda, 10-yanvar holatiga koʻra politsiya tomonidan qoʻlga olingan kishilar sonining 7939 nafarga chiqqani bildirildi.

Olmaotadagi ikki bozorda 207 kishi qoʻlga olingani qayd etilgan bayonotda, nomi tilga olingan amaliyotda 5 avtomobil va kompyuter, musiqa asboblari kabi ogʻirlangan narsalar bilan qurollar qoʻlga kiritilgani ifoda etildi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ham Olmaotadagi voqealarga aloqador 2 guruhning yoʻq qilinganini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, mazkur guruhlar 4-8 yanvar kunlari shahardagi jamoat tartibini buzishga qaratilgan viqealarda qatnashgan va ular turgan joydan qurol bilan diniy kitoblar topilgan.

Qozog‘iston gʻarbida 2-yanvar kuni suyultirilgan gaz (LPG) narxining oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli boshlangan norozilik namoyishlari, mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqaldi.

Namoyishlar chogʻida xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi. Ayniqsa, mamlakat janubidagi Olmaota shahrida politsiya transportlarini yoqib, hukumat binolariga kirgan namoyishchilarga xavfsizlik kuchlari ovozli bombalar bilan javob berdi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, norozilik namoyishlarida aybdor deb bilingan hukumat iste’fosini qabul qildi.

Namoyishlar avj olishi bilan mamlakat boʻylab favqulodda holat (OHAL) e’lon qilindi. Namoyishchilar jamoat binolarini egallab, qurol ishlatar ekan, Nur-Sulton ma’muriyati xavfsizlik kuchlariga qarshi amaliyot uyushtirishni buyurdi.

Toqayev 7-yanvar kuni mamlakatning toʻrt burchagida konstitutsiyaviy tuzumning qayta tiklanganini belgilab oʻtgan holda, “Terrorchilar haligacha qurol ishlatib, fuqarolar mulkiga ziyon yetkazishni davom etmoqda”, — dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Olmaota , #LPG

Aloqador xabarlar