Toqayev Putinga KXShT kuchlarini yuborishga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jomart-Toqayev Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qildi.

1759519
Toqayev Putinga KXShT kuchlarini yuborishga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi

Qozog‘iston Prezidenti Rossiya rahbariga mamlakatda konstitutsiyaviy tuzum va qonun ustuvorligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida KXShT tinchlikparvar qo‘shma kuchlarini yuborish masalasini hal etishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Qasim-Jomart Toqayev Vladimir Putinga mamlakatdagi vaziyat barqaror tus olib kelayotganini yetkazgan. Ayni paytda terror hujumlari o‘chog‘ining hamon mavjudligi, shu bois ham unga qarshi kurashning davom etishini ta’kidlagan.

Prezident yaqin kunlarda KXShT sammitini onlayn tarzda o‘tkazishni taklif qilgan. Uchrashuv sanasi esa diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.



Aloqador xabarlar