Armaniston armiyasi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochdi

Armaniston armiyasining chegaradagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochgani ma'lum qilindi.

1759539
Armaniston armiyasi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochdi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston armiyasining chegaradagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochganini maʼlum qildi.

Vazirlik bayonotida, Kalbajar viloyatidagi mavzelarning mahalliy vaqt bilan soat 13:50 atrofida Basargecher viloyatining Yuqori Shorja qishlog‘idagi arman mavzelaridan yirik kalibrli qurollar orqali o‘qqa tutilgani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, Ozarbayjon armiyasining javob berishi ortidan qarshi tomonning o‘t ochishni to‘xtatgani qayd etildi.

Mintaqadagi vaziyatning Ozarbayjon askarlari nazorati ostida ekani ta’kidlangan bayonotda, Ozarbayjon askarlari orasida qurbonlar yo‘qligi ifoda etildi.



Aloqador xabarlar