Qirg‘iziston Qozog‘istonga 150 nafar harbiy xizmatchi yuboradi

Qirg'izistonning Qozog'istonga qo'shin yuborish yo'lini ochib beruvchi qonun taklifi Qirg'iziston parlamenti Bosh assambleyasida qabul qilindi.

1758951
Qirg‘iziston Qozog‘istonga 150 nafar harbiy xizmatchi yuboradi

 

Qirg'izistonning Qozog'istonga qo'shin yuborish yo'lini ochib beruvchi qonun taklifi Qirg'iziston parlamenti Bosh assambleyasida qabul qilindi.

Qirg‘iziston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar missiyasi doirasida Qozog‘istonga 150 nafar harbiy xizmatchi va bir necha harbiy texnika jo‘natishni rejalashtirmoqda.

Qirg’iziston parlamenti umumiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar missiyasi doirasida Qozog‘istonga askar yuborish to’g’risidagi rezolyutsiyasi muhokama qilindi.

Mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning ma’qullashi bilan vazirlar kengashi tomonidan parlamentga taqdim etilgan qonun taklifi muhokamasini yopiq majlisda davom ettirishga qaror qilindi.

Majlisda Qirg‘izistonning Qozog‘istonga qo‘shin kiritishiga ruxsat bergan qonun taklifi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

Qirg‘izistonlik bir guruh faollar parlament binosi oldida yig‘ilib, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar missiyasi doirasida Qozog‘istonga qo‘shin kiritish to’g’risidagi qarorni qoraladi.

Eslatish joizki, kecha, 6-yanvar kuni Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natildi.

Tinchlikparvar kuchlar tarkibi Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari bo‘linmalaridan tashkil topgan.  

Ularning asosiy vazifalari muhim davlat va harbiy ob’ektlarini qo‘riqlash, Qozog‘iston Respublikasining huquq-tartibot kuchlariga vaziyatni barqarorlashtirish va uni huquqiy maydonga qaytarishda yordam berishdan iborat bo‘ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar