Turkiy davlatlar tashkiloti Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

"Qozog‘iston xalqining ushbu taranglikni tinch yo‘l bilan bartaraf etishiga, tartib va osoyishtalikni tiklashiga qodir, deb hisoblaymiz. Biz Qozog‘iston hukumati va xalqiga yordam berishga tayyormiz",-deyiladi Tashkilot bayonotida.

1758576
Turkiy davlatlar tashkiloti Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

 

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Qozog‘istondagi norozilik harakatlari bilan bog‘liq bayonot berib, Qozog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borilayotgani va tashkilotga a’zo davlat Qozog‘iston bilan kuchli birdamligini bildirgan. Bu haqda Tashkilotning Twitter’dagi sahifasida yozilgan. 

“Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar sifatida Qozog‘istondagi so‘nggi voqealardan kelib chiqib, Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikka katta ahamiyat berayotganimizni ta’kidlaymiz va a’zo davlat Qozog‘iston bilan mustahkam birdamligimizni bildiramiz. Qardosh qozoq xalqining sog‘lom fikr-mulohazalariga va ularning normal holatga qaytish istagiga tayanamiz. 

Qozog‘iston xalqining ushbu taranglikni tinch yo‘l bilan bartaraf etishiga, tartib va osoyishtalikni tiklashiga qodir, deb hisoblaymiz. Biz Qozog‘iston hukumati va xalqiga yordam berishga tayyormiz. Voqealarda qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi Tashkilot bayonotida. 

 



Aloqador xabarlar