Qozog‘iston prezidenti huquq-tartibot organlari xodimlariga “tayyor turish”ni buyurdi

Qosim-Jomart To‘qayev vaziyatni aniqlash maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va boshqa vakolatli muassasalar vakillaridan iborat “maxsus tergov guruhi” tuzishga qaror qilgan.

1758178
Qozog‘iston prezidenti huquq-tartibot organlari xodimlariga “tayyor turish”ni buyurdi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘z mamlakatidagi norozilik namoyishlari sababli barcha huquq-tartibot organlari xodimlariga “tayyor turish”ni buyurdi.

Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, Qosim-Jomart To‘qayev vaziyatni aniqlash maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va boshqa vakolatli muassasalar vakillaridan iborat “maxsus tergov guruhi” tuzishga qaror qilgan. Shuningdek, mamlakatdagi voqealarning sabablarini aniqlash va barcha aybdorlarni jinoiy va ma'muriy javobgarlikka tortishni buyurgan.

To’qayev shuningdek, Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa huquq-tartibot idoralariga “askarlarning maʼnaviyatini yuksaltirish uchun tayyorgarlik koʻrish va chora-tadbirlar koʻrish”ni topshirgan holda, viloyat hokimlaridan qurbonlar oilalariga moddiy yordam koʻrsatishni buyurdi.

Prezident qolaversa, raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aviatsiya sanoati hamda Ichki ishlar vazirliklariga jabrlanganlar va bedarak yo‘qolgan fuqarolar haqida ma’lumot olish uchun “favqulodda qo‘ng‘iroq” liniyasini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ayni paytda, Olmaota politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Saltanat Azirbek, Xabar-24 telekanaliga bergan bayonotida, kechasi poytaxt Olmaotada xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar o'rtasida to'qnashuv yuz bergan.

Namoyishchilarning davlat idoralari va politsiya boshqarmalari binolarini egallashga urinayotganiga e’tibor qaratgan Azirbek: "O'nlab hujumchilar yo'q qilindi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda",-dedi.

Olmaotada xavfsizlik kuchlari tomonidan boshlangan operatsiya davom etayotganini ifoda etgan Azirbek, shahar aholisini ko'chaga chiqmaslikka chaqirdi.

Eslatma: Qozog‘iston g‘arbida 2 yanvardan boshlab suyultirilgan gaz narxining oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli norozilik namoyishlari boshlanib, mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqalgandi.

Namoyishlar ommaviy tartibsizliklarga aylanib, xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Qozog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida mingdan ortiq odam jabrlandi, ulardan 400 ga yaqini shifoxonaga yotqizildi.

Politsiya va harbiylarga oid mashinalarni yoqib, hukumat binolariga bostirib kirgan namoyishchilarga xavfsizlik kuchlari shovqin bombalari bilan javob berdi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev norozilik namoyishlarida aybdor deb topilgan hukumat iste’fosini qabul qildi.

Namoyishlar avj olgach, birinchi navbatda poytaxt Nur Sulton shahri, Olmaota shahri va Mangistau viloyatlarida favqulodda holat e'lon qilindi.



Aloqador xabarlar