Turkiya kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda birinchi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning Buxoro viloyatida birinchi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

1757585
Turkiya kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda birinchi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

O‘tgan 2021-yilning 31-dekabri kuni  Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning Buxoro viloyati Buxoro tumanida qurilgan, quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining ilk qurilmasi ishga tushirildi. Bu haqida mamlakatning Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra hozirda mazkur stansiyani O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlar jadallashtirilmoqda. Stansiya yaqin 2-3 kun ichida tarmoqqa quvvat uzatishni boshlaydi.

Ushbu issiqlik elektr stansiyasi Buxoro viloyatida birinchisi hisoblanadi. Stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Loyiha qurilmalarining foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi hisobiga yillik 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobidan qo‘shimcha 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Natijada (ushbu 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi bilan) 450 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Qurilish davomida 500 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

 



Aloqador xabarlar