Qozog‘istonda Asqar Mamin boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun tongda respublika hukumatining iste’fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixon Smoilov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

1757331
Qozog‘istonda Asqar Mamin boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi

 

Qozog‘istonda bosh vazir Asqar Mamin boshchiligidagi hukumat suyultirilgan gaz narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishlaridan so’ng iste’foga chiqdi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun tongda respublika hukumatining iste’fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixon Smoilov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

“Qozog‘iston Respublikasi hukumatining iste’fosi qabul qilinsin. Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri vazifasini bajarish vaqtincha Smailov Alixon Asxonovich zimmasiga yuklansin”, -deyiladi farmon matnida. 

Qozog‘iston g’arbida joylashgan Janao‘zen shahrida boshlangan suyultirilgan gaz narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishlari mamlakat bo’ylab keng tarqalishi natijasida Olmaota va Mang‘istau viloyatlarida Favqulodda holat e’lon qilingandi.

Prezident Tokayev tomonidan imzolangan favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonda mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi vaziyat yomonlashgani munosabati bilan 5-19 yanvar kunlari ko‘rsatilgan hududlarda komendantlik soati joriy etildi.

Mamlakatning eski poytaxti Olmaotada minglab odamlar ishtirok etgan namoyishlar tun bo‘yi davom etgandi. Politsiya shovqinli granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida namoyishchilarni tarqatishga uringandi.

Qozog‘istonda hukumatning qulashi jarayonida suyultirilgan gazning litri 60 tengedan 120 tengega oshirilgandi.

Aqtauda namoyishchilar bilan uchrashgan maxsus hukumat komissiyasi gaz gazining litri narxini 50 tengega (0,11 dollar) tushirganini ma’lum qildi. Ammo shunga qaramay davom etgan namoyishlarda mavjud maʼmuriy tuzumni tanqid qiluvchi siyosiy shiorlar yangradi, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash talablari ilgari surildi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar