Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

1754720
Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 17 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Nodirbek ushbu yo‘nalishda chempionlik tojini kiygan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Bu haqida, «Dunyo» AA muxbiri ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 13 turdan so‘ng 4 nafar shaxmatchi 9,5 ochko jamg‘argan. Bu vaziyat tufayli g‘olibni aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilingan. Ushbu bosqichda Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib borib natijada 1,5-0,5 hisobida g‘alabaga erishar ekan, rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

E’tiborlisi, chempionatning 10-turida Nodirbek Abdusattorov besh karra jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi dona surib, sensatsion g‘alabasi bilan xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Shunday qilib, Nodirbek Magnus Karlsendan ustun kelgan ikkinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylangan. 2018-yilda 16 yoshli Shamsiddin Vohidov ham Sankt-Peterburgda norvegiyalik shaxmatchini mag‘lub qilgan edi.



Aloqador xabarlar