MDH Covid-19ga qarshi kurash ustidan norasmiy sammit uyushtirdi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) St. PeterburgDA Covid-19ga qarshi kurash ustidan norasmiy sammit uyushtirdi.

1754127
MDH Covid-19ga qarshi kurash ustidan norasmiy sammit uyushtirdi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tarkibidagi davlatlar rahbarlari, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurash ustidan norasmiy sammit uyushtirdi.

Rossiyaning St. Peterburg shahrida uyushtirilgan sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Imomali. Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etdi.

Rossiya Prezidenti Putin sammitda soʻzlagan nutqida, bu yil MDH tashkil topganiga 30 yil toʻlganini taʼkidlagan holda:

“Soʻnggi yillarda koʻp narsa tubdan oʻzgardi. Lekin shu qatorda hamdoʻstlikning albatta zarur shartlarda tashkil topgani va ham yurtimiz xavfsizligining ta’minlanishi ham da iqtisodiy tarmoqlarda integratsiyaning turli sohalarda terang tus olganini belgilab oʻtishni xohlayman”.-dedi.

Sovet ittifoqidan qolgan munosabatlarning “ijobiy” rol oʻynaganini yodga solgan Vladimir Putin, buning Covid-19 davridagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishga yordam berganini qayd etdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin oʻz soʻzini, “Rossiya bu munosabatlarni har doim qo‘llab-quvvatladi, kelajakda ham qo‘llab-quvvatlashni davom etadi”.-degan soʻzlar bilan yakunladi.  

 



Aloqador xabarlar