Ozarbayjon Turkiyaning Armaniston bilan boʻlgan munosabatining yaxshilanishini qoʻllab-quvvatlaydi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov uyushtirgan yil yakunini baholash yigʻilishida mahalliy va xorijiy matbuot vakillari savollariga javob berdi.

1753319
Ozarbayjon Turkiyaning Armaniston bilan boʻlgan munosabatining yaxshilanishini qoʻllab-quvvatlaydi

Ozarbayjon, Turkiyaning Armaniston bilan boʻlgan munosabatlarining yaxshilanishini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov uyushtirgan yil yakunini baholash yigʻilishida mahalliy va xorijiy matbuot vakillari savollariga javob berdi.

Bayramov, 30 yillik ishgʻolning mintaqaga yetkazgan zararini tushuntirish Ozarbayjon tashqi siyosatining ustuvor masalalaridan biri ekanini ta’kidlagan holda, Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida davom etayotgan sud jarayonlariga toʻxtaldi.

Ikki davlatning Xalqaro Sudda bir-birini arz qilganini yodga solgan Bayramov, Armanistonning asossiz arzlarining koʻpi sud tomonidan qabul qilinmaganini ifoda etdi.

Bayramov, Armanistonga qarshi xalqaro sudda kurashishni davom ettirishlarini ifoda etgan holda:

“Xalqaro Sudlarga eng avvalo atrof-muhitga yetkazilgan ziyon va tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish yuzasidan murojaat qilamiz. Bu masala 2022-yildagi vazifalarimiz qatorida oʻrin olgan”.-deya gapirdi.

Turkiya va Ozarbayjon munosabatlarini ham baholagan Bayramov:

“2021-yil 15-iyun kuni imzolangan tarixiy Shusha deklaratsiyasining ahamiyatini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu deklaratsiya orqali Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko’tarildi”-dedi.

Turkiya va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarning yaxshilanish jarayoni haqida esa Bayramov:

 “Biz Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarining xalqaro huquq tamoyillari asosida yaxshilanishi tarafdorimiz. Hatto tinchlik bitimi ustida ishlashga tayyor ekanimizni bildirdik. Bu vaziyat yana-da keng, mintaqa davlatlari munosabatlarini yaxshilashga zamin yaratadi degan fikrdamiz. Biz qardosh Turkiyaning Armaniston bilan boʻlgan munosabatining yaxshilanishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz. Turkiyaning bu boradagi barcha qadamlarini qoʻllayapmiz ham. Qadrli birodarim Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu har bayonotida bu masalaning mintaqadagi jarayonlarga ijobiy tusdagi ta’siri, bularning Ozarbayjon bilan muzokara qilinishi, mushtarak manfaat va munosabatlari haqida gap qilmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

 



Aloqador xabarlar