ShKTRda 47 yil oldin shahid qilingan bolalar tuproqqa berildi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bundan 47 yil oldin EOKA-B terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan bolalar tuproqqa berildi.

1750531
ShKTRda 47 yil oldin shahid qilingan bolalar tuproqqa berildi

Kiprning Muratogʻa va Sandallar qishlogʻida 1974-yilning 14-avgusti kuni EOKA-B terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan va qazish ishlari natijasida kim ekanini aniqlash ishlari tamomlangan 11 nafar kiprlik turk bolalar, uyushtirilgan davlat marosimi bilan tuproqqa berildi.

Gʻoyib boʻlganlar qoʻmitasi tomonidan Muratogʻa qishlogʻida olib borilgan qazish ishlari chogʻida topilgan va DNK testlari orqali ularning kim ekani aniqlangan shahid bolalar uchun kecha Gazimagusadagi Muratogʻa-Sandallar shahidligida dafn marosimi oʻtkazildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar marosimda soʻzlagan nutqida, greklarning 1963-yilning 21-dekabri kuni Qonli Rojdestvo voqealari ortida Kipr turklarga qarshi qatliom uyushtirishga tashabbus qilgani, keyinchalik turli nuqtalarda Kipr turklariga qarshi hujumlarini davom ettirgani va natijada koʻplab Kipr turkining shahid qilinganini qayd etdi.

Prezident Tatar, “(Greklar) Kiprdagi turk xalqini genotsid orqali etnik jihatdan tozalagach, bu yer (orol) Gretsiyaga bogʻlanadi degan fikrda edi. Albatta qarshilik koʻrsatdik. 1974-yildagi Turkiyaning aralashuvidan beri Kipr erkin va mustaqil tarzda yashashni, sharaf va qadr-qimmati bilan davom ettirmoda”.-dedi.

Kiprda aslo, 1974-yildan oldinga qaytishni istamaganliklarini ta’kidlagan Tatar, mustaqil va erkin yashashlari uchun Turkiya kafilligining har jihatdan davom etishi kerakligini ta’kidladi.

Ortidan shahidlar, duolar bilan tuproqqa berildi.

 


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Ersin Tatar , #turk bolalar , #shahid , #Gretsiya , #EOKA-B

Aloqador xabarlar