Turkiyalik ekspert Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifiga munosabat bildirdi

"O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining siyosiy irodasi ikki mamlakat munosabatlarini yana-da yuqori bosqichga olib chiqdi",-dedi Adem Kula.

1749480
Turkiyalik ekspert Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifiga munosabat bildirdi

 

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Adem Kula O'zbekiston OAV vakillariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifining natijalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini taqdim qildi:

– O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining siyosiy irodasi ikki mamlakat munosabatlarini yana-da yuqori bosqichga olib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot qabul qilinganini qayd etishni istardim.

O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida bir qator hujjatlar tasdiqlandi. Bunga Sog‘liqni saqlash sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, shuningdek, energetika sohasida o‘zaro muloqot o‘rnatish, "aqlli shahar"larni rivojlantirish, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi orqali moliyalashtirish, nodir metallar, mis va ularning qotishmalariga oid memorandumlari imzolandi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AKTni rivojlantirish va undan foydalanish bo‘yicha hamkorlikda qator yutuqlarga erishganiga qaramay, axborot texnologiyalari sohasida va “aqlli” qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik memorandumining imzolanishi o‘z vaqtida amalga oshirilgan va dolzarb voqeadir.

O‘zbekiston rahbari bugungi kunda uzoq muddatga mo‘ljallangan amaliy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishni zamon talabi ekanini alohida urg‘uladi. O‘xshash mentalitet, anʼanalar va maʼnaviy qadriyatlarga ega ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik jahon iqtisodiyotining bugungi chaqiriqlariga to‘liq javob berishi lozim.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan Janubiy Koreya investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshgani  mamlakatga bo‘lgan ishonch darajasi va to‘g‘ri belgilangan investitsiya siyosatidan dalolat beradi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar