Ersin Tatar Kipr orolida ikki davlat borligini takrorladi

Ersin Tatar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BM) Kipr masalasi boʻyicha maxsus vakili sifatida yangi tayinlangan Kolin Stevart bilan uchrashuvi oldidan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga bayonot berdi.

1745557
Ersin Tatar Kipr orolida ikki davlat borligini takrorladi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, muzokaralardan hech qachon qochmaganliklarini bildirgan holda, orolda ikki davlat borligini takrorladi.

Ersin Tatar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BM) Kipr masalasi boʻyicha maxsus vakili sifatida yangi tayinlangan Kolin Stevart bilan uchrashuvi oldidan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga bayonot berdi.

Stevartga avvalo Kipr haqiqatlari haqida gapirib berishini bildirgan Tatar,

“Rasmiy muzokaralarga oʻtilishi uchun suveren tenglik va teng xalqaro maqomimizning qabul qilinishi kerakligini 27-29 aprel kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida birinchi marta ilgari surganimdek, har joyda tushuntirishga harakat qilyapmiz”.-dedi.

Suveren tenglikka e’tibor qaratgan Tatar, yangi muzokara jarayoni boshlatish uchun zaminning toʻgʻri inshoo etilishi kerakligini qayd etdi.

Turkiyaning Shimoliy Kipr Turk Respublikasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi ular kuchiga-kuch berayotganini ifoda etgan Tatar:

“Oxirgi yillarda katta kurash olib borildi va Hurmatli Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida Turk hukumati va Turkiya, bu borada butun dunyoga kerakli munosabatni bildirmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Gretsiya va Kiprning grek qismining, Sharqiy Oʻrta yer dengizidagi nohaq iddiolarining xalqaro huquq talablariga javob bermasligini ifoda etdi.

Tatar, 14-dekabr kuni Kipr grek qismi lideri Nikos Anastasiadis bilan tampon zonada uchrashuv oʻtkazishini maʻlum qildi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining hech qachon uchrashuvdan va muloqotdan qochmaganini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar