Kamilov bilan Kazakbayev O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini muhokama qildi

Abdulaziz Kamilov bilan Ruslan Kazakbayev bugun Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini muhokama qildi.

1744851
Kamilov bilan Kazakbayev O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini muhokama qildi

2021-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati o‘zining rasmiy veb saytida ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra suhbat chog‘ida siyosiy-diplomatik, chegaralar, savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan.

Xalqaro va mintaqaviy vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.

 



Aloqador xabarlar