Nazarboyev mustaqillikni mamlakatning eng muqaddas qadriyati deb baholadi

Nursulton Nazarboyev “Egemen Qazaqstan” gazetasida chop etilgan “Mustaqillik saboqlari” deb nomlangan maqolasida mamlakatning 30 yillik mustaqillik tarixini baholadi.

1743693
Nazarboyev mustaqillikni mamlakatning eng muqaddas qadriyati deb baholadi

Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Sovet ittifoqidagi 70 yillik aʼzolikning mamlakatga hech qanday foyda keltirmaganini taʼkidladi.

Nazarboyev “Egemen Qazaqstan” gazetasida chop etilgan “Mustaqillik saboqlari” deb nomlangan maqolasida mamlakatning 30 yillik mustaqillik tarixini baholadi.

Mustaqillikni, mamlakatning eng muqaddas qadriyati deb ta’riflagan Nazarboyev,

“Yaqinda eng muqaddas qadriyat sifatida, tantanali ravishda xalq mustaqilligi nishonlanadi. Bundan 30 yil muqaddam dunyoga boʻlgan koʻz qarashimiz va kim ekanimiz asosida mustaqillikni tanladik. Nomi tilga olingan bu jarayon, insoniyat tarixi uchun bir onlik boʻlsa ham Qozogʻiston uchun katta muvaffaqiyatdir”.-dedi.   

Nazarboyev qadimda saklar, hunlar va keyinchalik qahramon turk ajdodlarining buyuk dashtlarda buyuk xalq yaratganliklarini yodga solgan holda:

“Og‘ir urushlar va murosasiz dushmanliklar yuzasidan ko‘plab xalqning ko‘chishiga yo‘l ochgan, qumga ko‘milgan toshlardek sochilib, parchalanib ketgan og‘ir kunlarni boshdan kechirishiga qaramay, qozoqlar o‘zlarining asl maskani va turk xalqlarining ota yurtini himoya qila olishga muvaffaq bo‘ldi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

O‘tgan asrda xalqining, “Katta ocharchilik” voqealari, Ikkinchi jahon urushi va Iosif Stalin boshqaruvining qonli repressiyasi kabi falokatlar ortidan turli iqtisodiy muammolarga qarshi kurashganiga e’tibor qaratgan Nazarboyev:

“Sovet ittifoqidagi 70 yillik umrimiz mamlakatga hech qanday foyda keltirmadi”.-deya gapirdi.

Nazarboyev, mustaqil Qozog‘iston yoshlarining mustaqillik yo‘lining naqadar murakkab ekanini bilishi kerakligini ta’kidlagan holda:

“Bu, o‘tmishga hurmat bajo keltirish va undan saboq olish uchun zarurdur. Shuning uchun mustaqillikni, ota-bobolarimiz qoni bilan kelgan muqaddas qadriyat deb baholayman”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar