Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bugun Sochida uchrashadi

Bugun Sochida Putin, Aliyev  va Pashinyan oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

1739191
Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bugun Sochida uchrashadi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun Sochida uchrashadi.

Kreml tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Sochida Putin, Aliyev  va Pashinyan oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Qorabogʻ kelishuvlariga amal qilish masalalarining muhokama qilinishi, mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va tinch hayot sharoitining oʻrnatilishi uchun tashlanadigan eng asosiy qadamlarni belgilash rejalashtirilgan.

Shu bilan birga Putinning Aliyev va Pashinyan bilan alohida-alohida uchrashuv o‘tkazishi ham kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ozrbayjon , #Rossiya , #Armaniston

Aloqador xabarlar