Putin bilan Aliyev Rossiya-Ozarbayjon munosabatini qoʻlga oldi

Putin bilan Aliyev bugun Sochida Rossiya-Ozarbayjon munosabatini qoʻlga oldi.

1739418
Putin bilan Aliyev Rossiya-Ozarbayjon munosabatini qoʻlga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyaning Sochi shahrida uchrashdi.

Putin Aliyev bilan boʻlgan uchrashuvida ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy va tijoriy aloqalarning rivojlanayotganini qayd etdi.

Rossiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi savdo hajmining joriy yilning ilk 9 oyida oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 11 foizga oʻsganini ifoda etgan Putin,

“Rossiya Ozarbayjonning asosiy savdo hamkorlaridan biri boʻlishni davom etadi”.-dedi.

Qorabogʻdagi muammolarning esa davom etganiga e’tibor qaratgan Putin:

“Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada ijobiy rol oʻynamoqda. Turk-rus qoʻshma kuzatuv markazi ham samarali faoliyat olib bormoqda. Afsuski shunga qaramay ayrim noxush hodisalar va yo‘qotishlar ham uchrab turibdi”.-deya gapirdi.

Qorabogʻ masalasining Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etadigan bugungi uch tomonli sammitda batafsil muhokama qilinishini ifoda etgan Putin:

“Bugun Qorabog‘da insonlarning tinch-totuv yashashi va mintaqani rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yig‘ildik. Nima qilinganligi, nimalar qilinishi mumkinligini koʻrib chiqamiz”.-dedi.

Aliyev ham Rossiya bilan boʻlgan munosabatlarini strategik sheriklik sifatida qabul qilganliklari, buning shunchaki gap emasligi, munosabatlarning yana-da mustahkam tus olishiga e’tibor berganliklarini ta’kidladi.

Putin va Aliyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan ikki tomonli uchrashuvdan soʻng bugun Sochida Pashinyan ishtirokida uch tomonli sammit oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar