Vepa Hajiyev: Turk Davlatlari Tashkiloti sammiti Turkmaniston uchun burilish nuqtasi boʻldi

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, 12-noyabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan Turk Davlatlari Tashkiloti sammitini baholadi.

1735129
Vepa Hajiyev: Turk Davlatlari Tashkiloti sammiti Turkmaniston uchun burilish nuqtasi boʻldi

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi, Istanbulda boʻlib oʻtgan Turk Davlatlari Tashkiloti sammitining Turkmaniston uchun burilish nuqtasi boʻlganini maʼlum qildi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vepa Hajiyev poytaxt Ashxobodda uyushtirgan matbuot anjumanida 12-noyabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan Turk Davlatlari Tashkiloti sammiti haqida bayonotlar berdi.

Sammitga Turkmanistonning kuzatuvchi aʼzo sifatida ishtirok etishining ahamiyatini taʼkidlagan Hajiyev oʻz soʻzini quyidagicha davom etdi.

“Iqtisodiyot, savdo, investitsiya, ekologiya, ilm-fan va turli sohalarda hamkorlik qilish borasida keng imkonlar borligi munosabati bilan sammit Turkmanistonning Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlar bilan oʻzaro hamkorligi nuqtai nazaridan burilish nuqtasi boʻldi”.

Hajiyev, muhim mintaqaviy tashkilot sifatida Turk Davlatlari Tashkilotining madaniy qadriyatlar bilan dunyo xalqlarini birlashtirgani va mamlakatlar o‘rtasidagi insoniy munosabatlarni mustahkamlaganiga ham alohida e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar