Rossiya Ozarbayjon-Armaniston chegarasida toʻqnashuvlar toʻxtaganini maʼlum qildi

Rossiya va Armaniston mudofaa vazirliklari Ozarbayjon-Armaniston chegarasida toʻqnashuvlar toʻxtaganini maʼlum qildi.

1734929
Rossiya Ozarbayjon-Armaniston chegarasida toʻqnashuvlar toʻxtaganini maʼlum qildi

Rossiya va Armaniston mudofaa vazirliklari Ozarbayjon-Armaniston chegarasida toʻqnashuvlar toʻxtaganini maʼlum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Ozarbayjon va Armanistonning o'z chegaralarida vaziyatni barqarorlashtirish uchun qadam tashlagani bildirildi.

Bayonotda,

“Hozirda Karakiliseda janglar toʻxtadi, vaziyat normal holatga qaytdi va nazorat ostida”.  Deyildi.

Armaniston Mudofaa vazirligi ham bayonotda.

“Rossiya vositachiligida mahalliy vaqt bilan soat 17.30 dan boshlab Ozarbayjon-Armaniston chegarasida sulh e’lon qilindi” deya bayonot berdi.

Boshqa tomondan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi taranglikni muhokama qildi.

Kremlning yozma bayonotida,

"Ikki rahbar aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar." Ifodasi  ishlatilgan.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov va Armaniston Mudofaa vaziri Suren Papikyan bilan telefon orqali Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi keskinlik haqida telefon orqali muloqot qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, uchrashuvda Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi keskinlik muhokama qilingani bildirildi.

"Shoygu ikkala tomonni keskinlashuvga olib keladigan harakatlarni to'xtatishga chaqirdi". ifoda kiritildi.

Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, vaziyatni tinchlik o'rnatish uchun Boku va Yerevan bilan aloqada ekanliklari bildirildi.

Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi matbuot kotiblaridan biri Farhan Haq, Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi taranglikni xavotir bilan kuzatayotganliklarini bildirgan edi.

Haq har ikki davlatni 2020-yil 9-noyabr va 11-yanvarda qabul qilingan bayonot va kelishuvga sodiq qolishga, oʻz xavotirlarini muloqot orqali tinch yoʻl bilan hal qilishga va vazminlikka chaqirdi."Biz uning oldingi  avj olishga qaytishini ko'rishni xohlamaymiz." u aytdi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Tashqi ishlar vaziri Blinken esa, Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi ziddiyatlardan xavotirda ekanliklarini va tomonlarni taranglikni kamaytirishga chaqirganliklarini bildirgan edi.

Armaniston qo’shini chegaradagi ba’zi tepaliklarni qo’lga kiritish va qulayroq mavqega ega bo’lish maqsadida kecha mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Lachin va Kelbajer yo’nalishida operatsiya boshladi. Hujum oqibatida ikki Ozarbayjon askari yaralandi.

Ozarbayjon qo'shini ham xuddi shu yo'nalishda operatsiya boshladi, hujumni amalga oshirgan arman askarlari qo'lga olindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sulh , #Rossiya , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar