Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ozarbayjonlik 7 askarning shahid bo‘lganini bildirdi

Armaniston armiyasining chegaradagi provokatsiyalari natijasida kelib chiqqan to‘qnashuvlarda kecha ozarbayjonlik 7 askar askar shahid bo‘ldi.

1735110
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ozarbayjonlik 7 askarning shahid bo‘lganini bildirdi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligining qayd etishicha, mamlakatning Armaniston bilan bo‘lgan chegarasida kecha ro‘y bergan to‘qnashuvda Ozarbayjon armiyasidan 7 askar shahid bo‘lar ekan 10 askar tan jarohati olgan.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Armaniston armiyasining chegaradagi provokatsiyalari natijasida kelib chiqqan to‘qnashuvlarda 1 leytenant jami 7 askarning shahid bo‘lgani, 10 askarning esa tan jarohati olgani bildirildi.

Bayonotda, Armaniston provokatsiyasining muvaffaqiyatsiz yakunlangani va kecha kechqurundan boshlab chegaradagi vaziyatning normallashgani qayd etildi.

Shahid askarlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan bayonotda, voqealarning butun mas’uliyati Yerevan boshqaruvi ostida ekanligi ta’kidlandi.

Armaniston qo‘shini chegarada ba’zi baland joylarni qo‘lga kiritib, qulayroq mavzelarga ega bo‘lish maqsadida kecha Lochin va Kalbajar yo‘nalishida amaliyot boshlatgandi.

Ozarbayjon qo‘shini ham xuddi shu yo‘nalishda amaliyot boshlatib, Armaniston hujumlarining oldi olingandi.

Rossiyaning aralashuvi bilan toʻqnashuvlar toʻxtab, sulh eʼlon qilindi.



Aloqador xabarlar