O‘zbekiston bilan Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1735220
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  17-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati o‘zining rasmiy veb-saytida ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra ushbu muloqat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Amaliy hamkorlikni ilgari surish, eng avvalo, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish muhim ekani qayd etilgan.

Ikki mamlakat hukumatlari tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va aniq dasturlari ishlab chiqilishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Davlat rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqqanlar.



Aloqador xabarlar