O'zbekistonda prezident saylovining yakuniy natijalari e'lon qilindi

Markaziy saylov komissiyasi 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari 12,9 milliondan ortiq saylovchining ovoziga (80,12 foiz) ega bo‘lib, lavozimga qayta saylangan.

1726600
O'zbekistonda prezident saylovining yakuniy natijalari e'lon qilindi

 

Saylovda g‘olib chiqqan Shavkat Mirziyoyevga qariyb 13 million saylovchi ovoz bergan. Saylov jarayonida 4 milliondan ortiq byulletendan foydalanilmagan yoki buzib qo‘yilgani uchun bekor qilingan. 39 mingdan ortiq byulleten yaroqsiz deb topilgan.

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari 12,9 milliondan ortiq saylovchining ovoziga (80,12 foiz) ega bo‘lib, lavozimga qayta saylangan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevning ma'lumot berishicha, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar tomonidan har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni quyidagicha:

  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi;
  • Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisovaga – 1 million 75 ming  16 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 6,63 foizi;
  • "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 5,48 foizi;
  • O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradovga – 670 ming 641 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 4,14 foizi;
  • O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Abduhalimov Bahrom Abdurahimovichga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 3,39 foizi yoqlab ovoz bergan.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston bo‘yicha saylovchilarning umumiy soni – 20 million 158 ming 907 nafar. Okrug saylov komissiyalariga 20 million 259 ming 701ta saylov byulletenlari yuborilgan. 
 
Saylovchilarning 16 million 212 ming 343 nafari saylov byulletenlarini olgan. Foydalanilmagan va buzib qo‘yilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni – 4 million 47 ming 358 tani tashkil etgan. 
 
Ovoz berishda 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etgan, shundan muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etganlar 421 ming 176 nafarni tashkil etdi. 

Saylov byulletenlarining 39 ming 443tasi (0,24 foizi) haqiqiy emas deb topilgan.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar