Qozog‘iston bilan Turkmaniston chegara belgilab olish kelishuviga qo‘l qo‘ydi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev Turkmanistonga ikki kunlik rasmiy tashrif uyushtirdi.

1725109
Qozog‘iston bilan Turkmaniston chegara belgilab olish kelishuviga qo‘l qo‘ydi

Qozog‘iston bilan Turkmaniston quruqlik va dengiz chegaralarining huquqiy jihatdan belgilab olinishi ishlarining tamomlanishini ko‘zda tutgan kelishuvga qo‘l qo‘ydi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev ikki kunlik rasmiy tashrif doirasida poytaxt Ashxobodda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar ortidan Toqayev bilan Berdimuhammedov uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida bayonot berdi.

Unda ikki davlat oʻrtasida bir necha sohada shartnomalar imzolanganiga eʼtibor qaratgan Toqayev:

“Ular orasida Qozogʻiston-Turkmaniston davlat chegarasi va Kaspiy dengizidagi tutash baliqchilik hududlarini belgilash toʻgʻrisidagi kelishuv bilan hukumatlararo chegara rejimi toʻgʻrisidagi bitim katta ahamiyatga ega. Shu tariqa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi quriqlik va dengiz chegaralarining huquqiy jihatdan belgilab olinishi ishlarini tamomlamoqdamiz. Bu masala siyosiy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Toqayev turkmanistonlik hamkasbi bilan transport va tranzit sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini atroflicha muhokama qilganliklarini ifoda etgan holda:

“Qozogʻiston-Turkmaniston-Eron quriqlik yoʻlining toʻlaqonli xizmatga tushishi eng asosiy vazifa deb belgilab olindi”.-deya gapirdi.

Berdimuhamedov esa Turkmanistonning Qorabo‘g‘oz ko‘rfazi orqali Qozog‘istonga avtomobil yo‘li ustidan borish uchun ko‘prik qurish tashabbusini bildirdi.

Tashrif doirasida Qozogʻiston bilan Turkmaniston oʻrtasida davlat chegaralarining belgilanishi bosh bo‘lish bilan birga mudofaa, savdo, transport, qishloq xoʻjaligi, atrof-muhit, telekommunikatsiya, axborot, taʼlim-tarbiya va madaniyat sohalarini o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar