O‘zbekiston prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev g'alaba qozondi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,1 foiz ovozini olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1724738
O‘zbekiston prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev g'alaba qozondi

 

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti saylovidagi g‘alabasi rasman e'lon qilindi.

O’zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari saylovchilarning 80,1 ovozi oldi.

Bugun, 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi natijalari e'lon qilindi.

O’zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev saylov natijalariga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma'lum qildi.

“Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchilardan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz bilan birga hisoblaganda 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80,4 foizidan iboratdir”, -deya ta'kidladi Zayniddin Nizomxo‘jayev .

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:

O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1%

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan  Maqsuda Vorisova 6,6%

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov 5,5%

Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov 4,1%

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov 3,4% ovoz oldi.

 

"O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya’ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod Prezident etib saylangan, deb hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlarga tayanib, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,1 foiz ovozini olib, ishonchli g‘alaba qozongani va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini ma’lum qilamiz. Markaziy saylov komissiyasi nomidan Shavkat Mirziyoyevni bu yorqin g‘alaba bilan samimiy muborakbod etishga ijozat etgaysizlar", - dedi Zayniddin Nizomxodjayev.

 

O‘zbekistonda prezident saylovlari har 5 yilda o‘tkaziladi. 2016 yilda o‘tkazilgan oxirgi prezident saylovlarida Shavkat Mirziyoyev 88 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #saylov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar