Oʻzbekiston Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatlardan jiddiy ravishda xavotirda

Prezident Mirziyoyev 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovi doirasida poytaxt Toshkentda fuqarolar bilan oʻtkazgan uchrashuvida qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyat haqida bayonotlar berdi.

1722146
Oʻzbekiston Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatlardan jiddiy ravishda xavotirda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, Afgʻoniston bilan bogʻliq eng buyuk muammo bu insonlarning bu yilgi qishni sogʻ-salomat, och qolmay, urushsiz oʻtkazishidir.

Prezident Mirziyoyev 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovi doirasida poytaxt Toshkentda fuqarolar bilan oʻtkazgan uchrashuvida qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyat haqida bayonotlar berdi.

Oxirgi 5 yilda qoʻshni davlatlar bilan boʻlgan munosabatlarda sezilarli yutuqlarga erishganliklarini qayd etgan Mirziyoyev, “Qoʻshnilarimiz bilan boʻlgan munosabatlarimizni kuzatyapsiz. Biz 5 yildek qisqa muddatda katta ishlarni amalga oshirdik. Afgʻoniston muammosi bizni jiddiy ravishda oʻylantirmoqda. Eng katta muammo, Afgʻonistonning bu yilgi qishni sogʻ-salomat, och qolmay, urushsiz oʻtkazib olishidir. Umid qilamanki (Afgʻonistonda) yetakchilikka kelgan yangi kuchlar ham oʻz xalqini oʻylaydi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Mirziyoyev, yangi turdagi koronavirus (ovid-19) pandemiyasining iqtisodiyotga qilgan salbiy ta’siriga ham toʻxtalgan holda, dunyo iqtisodiyotining bugungacha hech qachon bunchalik jiddiy sinovga duch kelmaganini ta’kidladi.

Covid-19 pandemiyasining hatto dunyoda eng rivojlangan davlatlarni ham murakkab ahvolda qoldirganiga e’tibor qaratgan Mirziyoyev,

“Biz mana shunday vaziyatda ham (Oʻzbekistonda) iqtisodiyotni saqlab qolishga va hatto uni oʻstirishga muvaffaq boʻldik”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar