Turkiyada o'zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etildi

Turkiyada doimiy va vaqtincha yashayotgan o`zbekistonliklar uchun O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan saylov uchastkalari haqida ma`lumot berildi.

1719597
Turkiyada o'zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etildi

 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 24 oktyabr kuni Bosh konsulxona binosida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga ovoz berish uchun 44-saylov uchastkasi tashkil etildi.

Manzil: Istanbul shahri, Beshiktosh tumani, Levent mahallasi, Lale ko`chasi 8-uy.

Bundan tashqari, fuqarolarimizning o`z konstitusion huquqlaridan foydalanishlariga qulay sharoit yaratish maqsadida Boshkonsulxona tomonidan quyidagi manzillarda muddatidan oldin ovoz berish tashkil etilmoqda:

- 16 oktyabr kuni Bursa shahridagi O`zbekistonning faxriy konsulligi ofisi. Manzil: Altinova mah. Istanbul cad/N398 Akyildiz Markazi markazi;

- 17 oktyabr kuni Istanbul shahri Fotih tumanidagi “Blu Marmaray mehmonxonasi” (“Blue Marmaray Hotel”). Manzil: Katip Kasim mah/Guvenlik cad. №43 Yenikapı/Istanbul;

- 20 oktyabr kuni Istanbul shahri Kadikoy tumanidagi “Turkpermit” firmasining ofisi. Manzil: Osmanaga mah/Kirtasiyeci sk 36-uy.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar