Turkiya O‘zbekistonga 200 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi

Turkiya hukumati bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida 200 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi.

1718821
Turkiya O‘zbekistonga 200 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi

 

Bugun, 13-oktyabr kuni Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19 ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan Sinovac vaksinasi yuborildi.

Ma’lum qilinishicha, Istanbul–Toshkent reysi bilan mamlakatga keltirgan Sinovac vaksinasining 200 ming dozasi, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati O‘zbekiston sog'liqni saqlash vazirining birinchi o'rinbosari Amrullo Inoyatov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov hamda Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Olgan Bekar tomonidan qabul qilib olingan.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan Sinovac vaksinasi mamlakatga keltirilgan oltinchi vaksinadir.

Shunday qilib, O‘zbekistonga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda.

Bundan avval O‘zbekistonga 1,2 million dozadan ortiq Pfizer vaksinasi, Germaniyadan 356 ming doza AstraZeneca vaksinasi hamda 2,5 million doza o'zbek-xitoy vaksinasi keltirilgani haqida xabar berilgandi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar