Turkiyaning "Yazar" nashrida O'zbekiston haqida maqola chop etildi

Yevroosiyo turk jamiyatlari federatsiyasi rahbari Ismail Chengiz qalamiga mansub ushbu maqolada butun turk dunyosi uchun ulkan qiymat va mazmun-mohiyat kasb etadigan zamonaviy O‘zbekistonning boy tarixiy va ilmiy-madaniy merosi yoritilgan.

1717954
Turkiyaning "Yazar" nashrida O'zbekiston haqida maqola chop etildi

 

Turkiyada nashr etiladigan “Yazar” gazetasi sahifasida “Har bir inson ko‘rishi kerak bo‘lgan mamlakat: Beruniy, Naqshbandiy, Buxoriy va Termiziyning diyori – O‘ZBЕKISTON” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.

Yevroosiyo turk jamiyatlari federatsiyasi rahbari Ismail Chengiz qalamiga mansub ushbu maqola butun turk dunyosi uchun ulkan qiymat va mazmun-mohiyat kasb etadigan zamonaviy O‘zbekistonning boy tarixiy va ilmiy-madaniy merosi atroflicha ochib berilgani bilan ahamiyatlidir.
“Movaraunnahrning uchta marvaridini o‘z ichiga olgan bu mamlakatning nomi – O‘zbekiston,  YUNЕSKOning “Jahon merosi ro‘yxati”ga kirgan Buxoro, Samarqand va Xivaga mezbonlik qilayotgan mamlakat - O‘zbekiston, Islom dinining ma’naviy markazlaridan biri Buxoro, dunyoning ko‘zgusi, Sharq durdonasi Samarqand va Xiva shahri joylashgan yurt - O‘zbekiston sizni osmon osti muzeylari bilan o‘rta asrlarga olib boradi. Sizga Beruniy, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk olim va mutafakkirlari, ulamolari hamda adabiyot bo‘stoni darg‘alarini o‘z bag‘rida tarbiyalagan O‘zbekiston haqida hikoya qilamiz”, - deb yozadi muallif maqola muqaddimasida.
U har bir turkiy millat farzandi o‘zining zamonaviy dunyodagi buyuk o‘tmishi va o‘rnini teran va to‘laqonli anglashi uchun mamlakatimiz bag‘rida joylashgan muqaddas qadamjolar va diqqatga sazovor maskanlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmog‘i lozim, deya O‘zbekistonning ko‘hna va boy madaniyatini targ‘ib qilgan.
Shuningdek, Ismail Chengiz O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosiy rivojlanishida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tutgan o‘rin haqida alohida qalam tebratgan.
Maqolada Anqara va Toshkent o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanayotgani, o‘zaro tovar almashish hajmlarining ortib borayotgani hamda madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik tobora faollashayotgani singari masalalarga ham katta e’tibor qaratilgan.
Ushbu salmoqli maqola “Sharqning uch marvaridi: Buxoro, Samarqand va Xiva”, “O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlamoqda”, “O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat”, “Iqtisodiyot va tashqi siyosatdagi islohotlar”, “O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat-Turkiya” singari qator muhim mavzularni qamrab olgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yazar , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar