Turkiya bilan Qirg‘iziston sanoat va texnologiya sohasida shartnoma imzoladi

Mustafa Varank bilan Do‘squl Bekmurzayev, Turkiya bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi sanoat va texnologiya sohasida muhim shartnomaga imzo chekdi.

1716034
Turkiya bilan Qirg‘iziston sanoat va texnologiya sohasida shartnoma imzoladi

Turkiya bilan Qirg‘iziston o‘rtasida sanoat va texnologiya sohasida o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish maqsadida shartnoma imzolandi.

Bu shartnomaga Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank bilan Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri Do‘squl Bekmurzayev imzo chekdi.

Mustafa Varank poytaxt Anqarada, vazirlik binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Qirg‘iziston mustaqilligiga 30-yil to‘lganini yodga solgan holda Turkiyaning bu mustaqillikni tan olgan birinchi davlat ekanini qayd etdi.

Ana shu kundan beri Qirg‘iziston bilan munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro iqtisodiy manfaatlarni oshirish ustida faoliyat olib borayotganliklarini ifoda etgan Varank,

“Bugun amalga oshirilgan uchrashuvlar va chekilgan imzolar rivojlanishning asosi hisoblangan sanoat va texnologiya sohasida ham ikki mamlakatni yana-da yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonchim komil”.-dedi.

Nomi tilga olingan kelishuv orqali savdo va iqtisodiy munosabatlarning mustahkam tus olishiga hissa qo‘shganliklarini qayd etgan Varank, o‘zaro savdo hajmini yaxshilash yo‘lida muhim qadam tashlanganini bildirdi.

Varank, ushbu kelishuvning davomi sifatida Turkiyaning sanoat sohasidagi tajribasini Qirg‘iziston bilan bo‘lishish niyatida ekanliklarini belgilab o‘tgan holda, Qirg‘izistonda Uyushgan sanoat zonasi (OSB) tashkil etish uchun ish boshlashlarini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri Do‘sqol Bekmurzayev esa Turkiya tajribasidan foydalanish uchun texnologiya va bilimlarini Qirg‘iziston bilan bo‘lishmoqchi bo‘lgan Uyushgan sanoat zonasi masalasidagi qo‘llab-quvvatlashlari uchun Mustafa Varankka minnatdorchilik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar