Turkiyalik olim Buxorodan turk xoqoni qabrini topganini e’lon qildi

Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demir Buxorodan afsonaviy turk xoqoni Alp Er To‘nga qabrini topganini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyat ” gazetasi xabar bermoqda.

1714042
Turkiyalik olim Buxorodan turk xoqoni qabrini topganini e’lon qildi

 

Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demir Buxorodan afsonaviy turk xoqoni Alp Er To‘nga qabrini topganini ma’lum qildi.

Bu haqda Turkiyaning “Hurriyat ” gazetasi xabar bermoqda.

Ancha vaqtdan buyon Buxoroda tadqiqot olib borayotgan Turkiyaning Gazi universiteti professori, doktor Nejati Demir o‘z kashfiyoti haqida Twitter sahifasida e’lon qilgan.

“Turk dunyosini qutlayman. Turkiylarning umumiy bobokaloni Alp Er To‘nganing qabrini Buxorodan topishga muvaffaq bo’ldim”, deb ta’kidlagan professor.

Lekin, u Alp Er To‘nga dafn qilingan joy haqida batafsil ma’lumot bermagan va shunday degan:

“Qadimgi arab va fors manbalarida Alp Er To‘nga maqbarasi Buxoroda ekanligi aytilgan. Meni viloyat tarixchilari va tadqiqotchilari ham qo‘llab-quvvatlashdi. Tafsilotlarni yaqin kunlarda baham ko‘raman”, degan tur kolim Nejati Demir.

Ma’lumot uchun, Alp Er To‘nga miloddan avvalgi VII asrda yashagan deb taxmin qilinadi. Alp Er To‘nga taniqli harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi bo‘lib, u turkiy xalqlar bobokaloni hisoblanadi. U sak qabilasining yetakchisi bo‘lgan. Ba’zi tarixiy manbalarda u “Afrosiyob”, nomi bilan ham tilga olinadi.

Alp Er To‘nganing bolalik va yoshlik yillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. Uning ajdodlari va kelib chiqishi to‘g‘risida turli-tuman mulohazalar bor. Biroq Alp Er To‘nga turkiy qavmga mansub bo‘lgani inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat hisoblanadi. 

Alp Er To‘nga haqida Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk”, Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida malumot beradi.

 



Aloqador xabarlar