Toshkentda «Buyuk ipak yo‘li durdonasi» xalqaro kinofestivali davom etmoqda

Toshkentdagi «Buyuk ipak yo‘li durdonasi» xalqaro kinofestivali 3-oktabrgacha davom etadi.

1712493
Toshkentda «Buyuk ipak yo‘li durdonasi» xalqaro kinofestivali davom etmoqda

Tunov kuni, 28-sentabrda O‘zbekiston poytaxti Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyda tantanali ochilgan “Buyuk ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivali davom etmoqda. Bu haqida “Dunyo” AA muxbiri ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotda qayd etilishicha tadbirda dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ortiq sanʼat ustalari, jahon kino yulduzlari ishtirok etmoqda. Festivalga faxriy mehmon sifatida Nikita Mixalkov, Timur Bekmambetov, Pavel Priluchniy, Lyuk Besson, Mitxun Chakraborti, Stiven Sigal va boshqa taniqli kino ustalari taklif etilgan.

Festival doirasida dunyoning 14 mamlakatining kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Ular o‘z filmlarini respublikaning barcha hududlarida namoyish etadi. Hozirgi vaqtda dasturda ishtirok etish uchun yuzdan ortiq film tanlab olingan. Ularning ko‘pchiligi o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi. Eʼtiborli jihati shundaki, filmlar namoyishi uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha kinoteatrlar jalb etilgan.

«Buyuk ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi. Tadbir doirasida butun mamlakat bo‘ylab ijodiy uchrashuvlar, maʼruzalar, mahorat darslari, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali va oltita kinoteatr ochilishi, hujjatli filmlar namoyishi va yosh kinoijodkorlar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Vatandoshlar ko‘plab milliy filmlarning premyeralarini ko‘rishi mumkin. Ular orasida Akrom Shahnazarovning «101 reys» sarguzasht-dramasi, Rashid Malikovning “Tutqunlik”, Ali Hamroyevning «Samarqandda qovun tarovati» kabi filmlari va boshqalar bor.

Kinofestivalning o‘tkazilishi sohaning yosh mutaxassislari, rejissyorlikni boshlayotgan, aktyor va operatorlarga jahon kino ustalari ijodi bilan yaqindan tanishish va ijodiy aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.

Qayd etish lozimki, tarixda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali nomi bilan mashhur bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivali anʼanaviy ravishda 1968 yildan 1997 yilgacha O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan.

«Buyuk ipak yo‘li durdonasi» kinofestivali 2021 yilda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklandi va har yili o‘tkazilishi belgilandi. Kinofestival tashkilotchisi - O‘zbekiston kinematografiya agentligi.

     

 



Aloqador xabarlar