Abdulaziz Kamilov TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi 27-28 sentyabr kunlari Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

1710907
Abdulaziz Kamilov TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

 

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 27-28 sentyabr kunlari Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

O’zbekiston TIV manbasiga ko‘ra, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlardir, shuningdek, Vengriya kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Tashkilot kotibiyati Istanbul shahrida joylashgan.

O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2019 yil 15 oktyabr kuni TTDHKning Bakuda (Ozarbayjon) bo‘lib o‘tgan 7-sammitida to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Abdulaziz Kamilov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar