Xiva shahri ochiq osmon ostidagi sahnaga aylandi

Oʻzbekistonda, “Xiva 2020-yil Turk dunyosining madaniy poytaxti” ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

1706814
Xiva shahri ochiq osmon ostidagi sahnaga aylandi

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY tomonidan e’lon qilingan “Xiva 2020-yil Turk dunyosining madaniy poytaxti” ochilish marosimi Oʻzbekistonning qadimiy va tarixiy shahri Xivada tantanali ravishda amalga oshirildi.

Oʻtgan yili yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi yuzasidan keyingiga qoldirilgan “Xiva 2020-yil Turk dunyosining madaniy poytaxti” ochilish marosimi qariyb 500 nafar san’atkor ishtirokida Xiva shahridagi Ichan Qal’ada uyushtirildi.

Marosim tufayli Xiva shahri ochiq osmon ostidagi sahnaga aylanar ekan tadbirda ishtirok etgan san’atkorlar Ichan qal’aning barcha koʻchalarida bittadan sahna tashkil etib, an’anaviy musiqa va raqs namoyish etdilar.

Tadbir doirasida TÜRKSOY tomonidan uyushtirilgan Turk dunyosi madaniyat poytaxti fotosurat koʻrgazmasi ochilishi ham uyushtirildi.

Turk tilida soʻzlashuvchi mamlakatlar nomidan muhim rassomlarning asarlari oʻrin olgan koʻrgazmada, TÜRKSOYning Madaniyat poytaxti bayrogʻini xilpiratgan shaharlar fotosuratlari ham namoyish etildi.

Shuningdek tadbirda Oʻzbekistonning an’anafiy naqshlari bilan bezalgan liboslarini oʻz ichiga olgan moda namoyishi ham uyushtirildi.   

Tadbirda sahnaga chiqqan san’atkorlar Oʻzbekistonning turli musiqa va raqs namoyishlari bilan bir qatorda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya kabi turli mamlakatlardan namunalar taqdim etdilar.

2019-yili Qirgʻizistonning Osh shahrida boʻlib oʻtgan TÜRKSOYning 37-yigʻilishida “Xiva 2020-Turk dunyosi madaniy poytaxti” deb e’lon qilinar ekan, shu bilan birga tadbirlar Covid-19 pandemiyasi yuzasidan oʻtgan yili keyingiga qoldirilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar