Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston Bakuda harbiy mashg’ulotlarni boshladi

Kecha, 12 sentyabr kuni Bakuda boshlangan “Uch og‘a-ini — 2021” harbiy mashg’ulotlari 20 sentyabrga qadar davom etadi.

1705667
Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston Bakuda harbiy mashg’ulotlarni boshladi

 

Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston maxsus kuchlari kecha, 12 sentyabr kuni Bakuda qo’shma harbiy mashg’ulotlarni boshladi.

“Uch og‘a-ini — 2021” deb nom berilgan mazkur o’quv mashg’ulotlarining tantanali ochilish marosimida uchala mamlakatning davlat gimni kuylandi va milliy bayroqlari ko’tarildi.

Ozarbayjon maxsus kuchlar qo’mondoni General-leytenant Xikmat Mirzayev marosimda so’zlagan nutqida, Ozarbayjon, Turkiya va Pokiston yaqin do’st va qardosh davlat ekanligini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, ushbu munosabatlar markazida uchala mamlakat xalqlarining o’zaro yaqinligi yotadi. Ozarbayjonning Armaniston qurolli kuchlariga qarshi 44 kun davom etgan Tog’li Qorabog’ urushida Turkiya va Pokistonning birinchilardan bo’lib Ozarbayjonga ko'rsatgan yordamlari va qo'llab-quvvatlashi buning yaqqol isbotidir.

Uch mamlakat o'zaro munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun muhim qadamlar tashlaganini ta’kidlagan Mirzayev, " Uch og‘a-ini — 2021" mashg'uloti keng tajriba va fikr almashish va ularning kasbiy mahoratini yanada yaxshilashga katta hissa qo'shishiga ishonchi komil ekanligini qo’shimcha qildi.

Uch mamlakat maxsus kuchlari ishtirokidagi “Uch og‘a-ini — 2021” mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad harbiy bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish hamda tinchlik va urush davridagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rishdir.

Qo’shma harbiy mashg’ulotlar 20 sentyabrga qadar davom etadi.

 



Aloqador xabarlar