Lutfi Elvan Toshkentda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari bilan uchrashdi

Uchrashuvlar davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi.

1704381
Lutfi Elvan Toshkentda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

Toshkentda Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik anjumani bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir nafaqat bankka aʼzo 57 mamlakat vakillarini birlashtiradi, balki ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazish va turli mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim masalalarini muhokama qilish maydonchasi sifatida xizmat qiladi.

 

Anjumanda Turkiya Respublikasi g‘aznachilik va moliya vaziri Lutfi Elvan ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Bahrayn Podshohligi moliya va milliy iqtisodiyot vaziri Shayx Salmon bin Xalifa al-Xalifa, Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Muhammad al-Jadaan va Turkiya Respublikasi g‘aznachilik va moliya vaziri Lutfi Elvan bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

O'zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvlar davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Lutfi Elvan , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar