Bakudan parvoz qilgan samolyot Tog'li Qorabog‘ga qo‘ndi

Bugun, 5 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bakudan Qorabog‘ga parvoz qilgan birinchi samolyot Fuzuli shahri xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

1702862
Bakudan parvoz qilgan samolyot Tog'li Qorabog‘ga qo‘ndi

 

Bugun, 5 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bakudan Qorabog‘ga parvoz qilgan birinchi samolyot Fuzuli shahri xalqaro aeroportiga qo‘ndi. 

Eslatish joizki, Tog‘li Qorabog‘ning Fuzuli tumani 2020 yil oxirida yuz bergan mojarodan so‘ng, Ozarbayjon nazoratiga o‘tgandi.

Ma'lumotga ko'ra, Ozarbayjon havo yo‘llarining Airbus A340-500 yo‘lovchi samolyoti Fuzuliga qo‘ngan. Aeroportda uzunligi 3 ming metr va kengligi 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi ishga tushirilgan. 

Bundan tashqari, aeroport Xalqaro fuqaro aviatsiyasi talablariga muvofiq parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘nish va navigatsiya tizimlari, yorug‘lik, birlamchi va ikkilamchi radar tizimlari bilan jihozlangan, bu aeroportga har qanday turdagi samolyotlarni qabul qilish imkonini beradi. 

Qayd etilishicha, sentyabr oyining oxirigacha yo‘lovchi terminali qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. Fuzuli xalqaro aeroporti qurilishi 2021 yil fevral oyida boshlangan edi.


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Baku , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar