Istanbul tijorat universiteti rektori O'zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi

"O‘zbekiston o‘zining 30 yillik to'yini nishonlanmoqda. Ushbu sana katta tantana va jo‘shqinlik bilan kutib olinmoqda. Fursatdan foydalanib qardosh o‘zbek xalqini istiqlol ayyomi bilan tabriklayman. Mustaqillik shodiyonasi abadiy bo'lsin!",-Yujel Ogurlu.

1701814
Istanbul tijorat universiteti rektori O'zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi

 

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Istanbul tijorat universiteti rektori Yujel Ogurlu O'zbekiston xalqiga o‘zining bayram tilaklarini yo‘lladi.

- O‘zbekiston men uchun alohida qiymatga ega bo‘lgan yurtdir.

Tarixiy bog‘liqligimiz bir yonda, qardoshlik rishtalarimiz bir yonda. Chunki, bizning chuqur ilmiy-maʼnaviy ildizlarimiz bugungi O‘zbekiston tuprog‘iga borib tutashadi.

Buyuk madaniyatimizning beshigi bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qo‘qon kabi qubbatul ilm markazlari zamonaviy O‘zbekiston chegaralarida ekani yurtingiz obro‘sini yana-da oshiradi. 

O‘zbekiston zamini nafaqat turkiy tilli va islom dunyosi, balki butun bashariyat uchun ilm sarchashmasi bo‘lib xizmat qilgan.

Bu zaminda tug‘ilib voyaga yetgan, o‘zidan biz avlodlarga buyuk meros qoldirgan ulamolar, oriflar dunyo ahlini haligacha lol qoldirib kelmoqda. O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning yuragidir.

Ayni kunlarda O‘zbekiston o‘zining istiqlolga erishganining 30 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu yubiley sana katta tantana va jo‘shqinlik bilan kutib olinmoqda.

Fursatdan foydalanib qardosh o‘zbek xalqini istiqlol ayyomi bilan tabriklayman. Mustaqillik shodiyonasi abadiy bo‘lsin!



Aloqador xabarlar