O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda

Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi amfiteatrda mamlakat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

1700731
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi amfiteatrda mamlakat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda senatorlar, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ilm-fan, madaniyat sohasi fidoyilari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bayram nutqini so‘zladi.

“Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli o‘ttiz yillik to‘yini shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. “Yangi O‘zbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bog‘da Mustaqillik bayramini o‘tkazmoqdamiz. Shu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni bildiraman”, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

O’zbekistonda butun mamlakat bo’ylab tantanali bayram tadbirlari davom etmoqda. 

Bayram tantanalari O‘zbekiston televideniyesi kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

 



Aloqador xabarlar