Turkiyaning Van shahrida Yangi O‘zbekiston taqdim etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari tomonidan Van shahrida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlarga bag’ishlangan taqdimot marosimi tashkil etildi.

1699483
Turkiyaning Van shahrida Yangi O‘zbekiston taqdim etildi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari tomonidan Van shahrida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlarga bag’ishlangan taqdimot marosimi tashkil etildi.

Van shahridagi mahalliy Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan tadbirda istiqlol neʼmatining ahamiyatiga urg‘u berildi. Bundan 30 yil avval o‘z mustaqilligiga erishgan O‘zbekistonda bugungi kunda zamonaviy demokratik davlat barpo etilayotgani bilan bog‘liq dalillarga alohida eʼtibor qaratildi.

Taqdimot davomida so‘nggi besh yilda mamlakatda amalga oshirilgan yangilanishlar “Yangi O‘zbekiston” iborasida o‘z aksini topayotgani, bu jarayonda Turkiya bilan hamkorlik, jumladan, hududlararo aloqalar ham izchil ravnaq topayotgani qayd etildi.

Shu o‘rinda Van viloyatining O’zbekistondagi muvofiq hududlar bilan savdo-tijoriy hamda madaniy-gumanitar munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligiga eʼtibor qaratildi.

Van Savdo-sanoat palatasi raisi Nejdet Takva O‘zbekiston so‘nggi yillar davomida erishgan muvaffaqiyatlarga yuqori baho berdi. U O‘zbekistonning muborak nomi, Yangi O‘zbekiston iborasi Turkiyada ham bot-bot yangrayotganini taʼkidladi.

“O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni yaqindan, muntazam kuzatib kelaman. Biz Van shahridagi tadbirkor va ishbilarmonlarning O‘zbekiston bilan aloqalarini chuqurlashtirishini istaymiz”, - dedi Nejdet Takva.

Qayd etish joizki, Van Turkiyaning sharqiy qismida joylashgan viloyat bo‘lib, unda qariyb 1 million 150 ming aholisi istiqomat qiladi. Iqtisodiyoti chorvachilik va dehqonchilikka asoslangan. Van Savdo-sanoat palatasiga aʼzo tadbirkor va firmalarning soni 16 mingtani tashkil etadi. Viloyatning g‘arbiy hududida Van ko‘li joylashgan.


Tanlangan kalimalar: #Van , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar