O'zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17 avgust kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qildi.

1695168

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Komilov turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Tanlangan kalimalar: #Abdulaziz Kamilov , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar