Oʻzbekiston, Rossiya va Tojikiston harbiylari oʻquv mashqlarini boshladi

Oʻzbekiston, Afgʻoniston hukumat kuchlari bilan Tolibon oʻrtasidagi ziddiyatlarning avj olishi va Tolibonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan boʻlgan chegaralarning katta qismini egallab olishi ortidan Afgʻoniston chegarasini mustahkamlashni payida.

1686071
Oʻzbekiston, Rossiya va Tojikiston harbiylari oʻquv mashqlarini boshladi

Rossiya-Tojikiston-Oʻzbekiston oʻrtasidagi harbiy-oʻquv mashqlari Tojikistonning Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi Harb-Maydon poligonida boshladi.

Rossiya Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari Yevgeniy Poplavskiy, uch mamlakat milliy madhiyasi yangrashi bilan boshlagan ochilish marosimida nutq soʻzladi.

Mashgʻulot davomida murakkab jismoniy, geografik va iqlim sharoitida jangovar tajribani oshirish boʻyicha tadqiqotlar olib borilishini belgilab oʻtgan Poplavskiy, mashgʻulotda yangi turdagi texnika va qurollarni sinab koʻrishlarini qayd etdi.

Ikki ming besh yuz nafardan ortiq askar ishtirok etgan mashqda, Tojikistonda joylashtirilgan 201-rus harbiy bazasidagi tank, toʻpchi va motorli birliklardan tashqari  Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli radiatsiya, kimyoviy, biyologik va radio elektronikka qarshi kurashgan maxsus harbiy boʻlimlarda xizmat qilgan rus harbiylari,  Oʻzbekistonning Afgʻoniston chegarasi yaqinida joylashtirilgan oʻzbek va tojik qurolli kuchlari a’zolari ishtirok etmoqda.

10-avgust kuni yakun topadigan mashqda urush uchoqlari va vertolyotlar, piyoda urush uchoqlari, zirxli personal tashuvchi, uchuvchisiz havo transporti va raketa tizimlari ham bor 500 ga yaqin harbiy vosita va asboblardan foydalaniladi.

Davlat chegarasida vaziyat beqaror tus olsa unda qurolli kuchlarning harbiy tayyorgarligini nazorat qilish va qurolli kuchlarning harbiy-taktik harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladigan mashgʻulotda ogʻir geografik va iqlim sharoitida dushmanga qarshi kurash va mamlakatga sizib kirgan qurolli toʻdalarni aniqlash va ularni yoʻq qilish mavzulari ustida ish olib boriladi.

Afgʻoniston shimolida hukumat kuchlari bilan Tolibon oʻrtasidagi ziddiyatlarning avj olishi va Tolibonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan boʻlgan chegaralarning katta qismini egallab olishi ortidan Afgʻoniston chegarasini mustahkamlash haqida qaror qabul qilgan Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchiligi, chegarada harbiy-oʻquv mashqlari uyushtirmoqda.



Aloqador xabarlar