Aliyev shaxsi va Ozarbayjon xalqi nomidan Turkiyaga ta’ziya izhor etdi

Turkiya 6 viloyatidagi 20 nuqtada oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurash olib bormoqda.

1682976
Aliyev shaxsi va Ozarbayjon xalqi nomidan Turkiyaga ta’ziya izhor etdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiyaning turli mintaqalarida sodir boʻlgan yongʻinlarda halok boʻlganlar uchun Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻanga ta’ziya izhor etdi.

Turkiya 6 viloyatidagi 20 nuqtada oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurash olib bormoqda.

Ozarbayjon Prezidenti Aliyev, nomi tilga olingan yongʻinlar boʻyicha Prezident Erdoʻgʻanga maktub yoʻlladi.

Aliyev unda quyidagi ifodalarga oʻrin berdi:

“Janob Prezident, aziz birodarim! Sizning yetakchiligingizda hukumatingiz tashlagan qarorli qadamlar yordamida shijoatli va kurashuvchan turk xalqining bu falokatni eng qisqa vaqtda yengib oʻtishiga ishonchim komil.

Ozarbayjon hukumati va xalqi har doim boʻlganidek bugun ham qardosh turk xalqi bilan birdamlik ichida va yonidadir.

Shaxsim va Ozarbayjon xalqi nomidan, yongʻinlarda halok boʻlganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, tan jarohati olganlarga shifo tilayman. Ollox rahmat qilgan boʻlsin!”

Ozarbayjon Prezidenti maslahatchisi Hikmat Xoʻjiyev ham Prezident Aliyevning oʻrmon yongʻinlarining oʻchirilishi va uning nazorat ostiga olinishiga yordam berish maqsadida Turkiyaga bir guruh yuborilishi xususida koʻrsatma berganini bildirdi.

Xoʻjiyev bu haqida yozma ravishda bergan bayonotida:

“Prezident Aliyev, Ozarbayjon Bosh vaziri va Favqulodda vaziyatlar vaziriga kerakli koʻrsatmalarni berdi. Tegishli davlat muassasalari turkiyalik hamkasblari bilan aloqa oʻrnatdi va eng qisqa vaqtda birodar oʻlkaga qarab yoʻl oladi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar